"LIDER FARZAND TARBIYALASHDA OILADA SOG‘LOM MUHITNI YARATISH MUHIM"

🔸 Kecha Samarqand shahridagi "Ipak yoʼli" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Samarqand shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazilgan trening shunday nomlandi.
Unda Samarqand shahar mahallalaridan 200 nafarga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar ishtirok etishdi. Ayollar o’zlarini chuqurroq anglashga, ichki salohiyatlarini kashf etishga va o’zlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga yo’naltirilgan psixologik treningda stress va salbiy hissiyotlar bilan kurashish, oilaviy va ijtimoiy munosabatlarni yaxshilash va shaxsiy rivojlanish va motivatsiya mavzularida dolzarb ma’ruzalar qilindi.
▪️Treningda ayollar o‘z ustida ishlash, yangi maqsadlar qo‘yish va hayotda faolroq bo‘lishga undaldi.
Yangiliklar
23-Aprel, 2025-yil
22-Aprel, 2025-yil