Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – USTUVOR VAZIFA

Korrupsiyaga qarshi kurash – ustuvor vazifa

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 5-mart kuni o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi hozirda Samarqand shahrida ish olib bormoqda.

Bugun shahar hokimligida ushbu ishchi guruh ishtirokida tegishli tashkilot rahbarlari bilan muhokama o‘tkazildi. 

Unda korrupsiyaga qarshi kurashish, raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, sohalar kesimida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

 
 
25-Aprel, 2025-yil 13:06 |