KO‘P QAVATLI UYLARNING QURILISHI JARAYONIDA SIFAT NAZORATI INSON HAYOTI BILAN BOG‘LIQ MUHIM MASALA. SAMARQAND VILOYATI HUDUDIY QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI NAZORATI INSPEKSIYASI TOMONIDAN JOYLARDA BU BORADAGI NAZORAT TADBIRLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA.

📊 Navbatdagi tadbirlar davomida Samarqand shahri, Panjikent ko‘chasi, 151-manzilda joylashgan ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilishi o‘rganilganda bir qator kamchiliklar aniqlandi. Jumladan:
➡️Yuk koʻtaruvchi devorlar o'zboshimchalik bilan loyihadan chetlashgan holda buzilgan, natijada bino konstruksiyasiga shikast yetkazilgan.
➡️Binoning yerto‘la qismida beton pol ishlari loyiha asosida bajarilmagan, beton osti qurilish chiqindilari bilan toʻldirilgan;
➡️Elektr montaj ishlari tasdiqlangan loyiha asosida bajarilmagan;
➡️Binoda o'rnatilgan eshik-romlar atrofi maxsus pena bilan toʻldirilmagan;
➡️Obyektda texnika xavfsizligi choralari koʻrilmagan, jumladan ishchi xodimlar maxsus kiyimbosh va jihozlar bilan ta’minlanmagan;
➡️Buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan ishchi loyiha hujjatlari, qurilish hududida maxsus QR kodli pasport mavjud emas;
➡️Qurilish montaj ishlari yuzasidan shaffof nazorat.mc.uz elektron platformasi orqali nazorat ishlari olib borilmagan;
➡️O‘rganish davomida yopiq ishlar dalolatnomalari, qurilish jarayonida yuritilishi majburiy boʻlgan jurnallar, temir-beton konstruksiyalari uchun laboratoriya xulosalari taqdim etilmagan;
✔️Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qurilish tashkilotiga bajarilishi majburiy bo‘lgan jami 41 ta yozma ko‘rsatmalar berildi.