Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

KO‘CHAGA SUV CHIQISHINING OLDI OLINMOQDA, AMMO...

Ko‘chaga suv chiqishining oldi olinmoqda, ammo...

 

Ijtimoiy tarmoqlarda yog‘ayotgan yomg‘ir natijasida Samarqand shahrining ayrim ko‘chalariga suv chiqayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, bahor mavsumida yog‘ingarchiliklar sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bu kabi muammolarni oldini olish bo‘yicha hokimlik va tegishli tashkilotlar tomonidan amaliy ishlar olib borilgan. Shunday bo‘lsa-da, ayrim ko‘chalardan o‘tgan ariqlar suvga to‘lib, ko‘chaga chiqish holatlari kuzatilyapti. 

Ayni paytda joylarda kuzatilayotgan bu kabi muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar ishtirokida ishchi guruhlar tuzilib, muammolar joyida bartaraf etilmoqda.

Shu o‘rinda, Samarqand shahri fuqarolari va shahrimiz mehmonlaridan chiqindilarni kanal va ariqlarga emas, belgilangan joylarga tashlashlarini so‘raymiz. Aks holda chiqindilar bir joyda to‘planib, suv yo‘li yopilishi (fotoizoh) (https://t.me/samshahar/35014) va yo‘llarni suv bosish holati yuzaga kelishi mumkin.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati

 
 
24-Mart, 2025-yil 11:16 |