“KIBERMADANIYATNI YUKSALTIRISH” TARG‘IBOT OYLIGIGA START BERILDI
1-iyul kunidan boshlab, bir oy davomida Samarqand viloyatida “Kibermadaniyatni yuksaltirish” targ‘ibot oyligi o‘tkazilmoqda.
Mazkur oylik doirasidagi tadbirlar xususida keng jamoatchilikka ma’lumot berish maqsadida o‘tkazilishi rejalashtirilgan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Ushbu anjumanda viloyat hokimligi va huquq tartibot organlari rahbarlari, taalluqli korxona va tashkilotlar mas’ullari va Axborot xizmatlari xodimlari, Ommaviy axborot vositalari vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlar ishtirok etishfi.
Oylik doirasida “Mahallabay” va “Xonadonbay”, ta’lim dargohlari va barcha hududlarda internetdagi tahdidlardan ogohlantiruvchi targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
1-Iyul, 2024-yil 12:25 |