Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

KESILGAN UCH TUP CHINORLAR O‘RNIGA YANGIDAN CHINOR KO‘CHATLARI O‘TQAZILDI

Kesilgan uch tup chinorlar o‘rniga yangidan chinor ko‘chatlari o‘tqazildi

Kecha Samarqand shahri Universitet xiyoboni Oqsaroy ko‘chasidan Amir Temur maqbarasiga qarab kirish yo‘lining o‘ng tomonidagi uch tup daraxt kesilishi tufayli ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Avvalo yuzasidan shuni ma‘lum qilamizki, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida tuzilgan Ishchi guruhi tomonidan o‘rganish oqibatida uch tup chinor daraxti tashqi ta‘sirlar natijasida hozirgi kunda o‘zining mustahkamlik holatini yo‘qotganligi, tanasida g‘ovaklar paydo bo‘lib, yo‘l tomonga 40 darajaga og‘ib qolishi oqibatida insonlar hayoti uchun havflilik darajasi yuqori bo‘lib qolganligi uchun olib tashlangan edi.

Mazkur kesilgan chinorlar o‘rniga 3-3.5 yoshli chinor ko‘chatlari 2 yil davomida nazorat ostida parvarishlash belgilangan. 

 
 
8-Sentabr, 2025-yil 14:41 |