Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

KENGASH YIG'ILISHIDA QATOR MASALALAR KO‘RILDI

KENGASH YIG'ILISHIDA QATOR MASALALAR KO‘RILDI

 

Bugun Samarqand shahar Ma'naviyat va ma'rifat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda hokimlik hamda korxona-tashkilot mas'ullari va kengash a'zolari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar tahlili muhokama etildi.

 

Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

SHu bilan birga, yig‘ilishda ikkinchi masala 21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bag‘ishlandi. Mavzu yuzasidan Samarqand Davlat Universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Shavkat Mahmadiyevning ma'ruzasi tinglandi.

 
 
20-Oktabr, 2023-yil 16:21 |