Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

KADRLAR BO‘YICHA MAS’ULLAR UCHUN OCHIQ MULOQOT TASHKIL ETILDI

Kadrlar bo‘yicha mas’ullar uchun ochiq muloqot tashkil etildi

Kadrlar bo‘yicha mas’ullar uchun ochiq muloqot tashkil etildi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali tashabbusi bilan joriy yilning 27 iyul kuni Samarqand shahar hokimligida davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘limlari kadrlar xizmati rahbarlari va xodimlari uchun ochiq muloqot tashkil etildi. Ushbu ochiq muloqotda 45 dan ziyod Samarqand shahridagi davlat organlari va muassasalarining kadrlarga mas’ul vakillari va xodimlari ishtirok etishdi.

 

i ekanligini inobatga olib, unda uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari to‘g‘risida so‘z yuritildi. Ochiq muloqot davomida ishtirokchilar arizalarni qabul qilish, malaka talablarini o‘rganish muddatlari hamdaUnda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali mas’ul xodimi F.Axatov ochiq tanlovlar va tanlov jarayonida yuzaga kelayotgan muammo va ushbu muammolarni bartaraf etish yuzasidan kadrlar xizmati mas’ullariga to‘liq tushunchalar berib o‘tdi. Bugungi kunda ochiq tanlovlarga kiritilgan o‘zgarishlar, tizimdagi yangiliklar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib, tizimning ishlash prinsiplarini ishtirokchilarga ko‘rsatib o‘tishdi. Bundan tashqari yagona milliy mehnat tizimi aynan vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlovlar o‘tkazib kelayotgan tashkilotlar hamda tanlovlarga hujjat topshirayotgan nomzodlar uchun ham ahamiyatli bo‘lgani, ushbu tizim kadrlarning yagona bazas test va suhbat bosqichlari yuzasidan bildirilgan savollariga javob olishdi.

“Bu kabi ochiq muloqotlarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ochiq tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazishda yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlarga yechim topish hamda kadrlar xizmati mas’ullarining savollariga javob berishdan iboratdir. Muloqot davomida bugungi kunda vacancy.argos.uz platformasida fuqarolarga yaratilgan qulayliklar to‘g‘risida, shuningdek, tizimning imkoniyatlari bo‘yicha ham batafsil ma’lumot berib o‘tdik. Bu mas’ullarga albatta kelgusi faoliyatlari uchun foydali bo‘ladi degan umiddamiz”-dedi Agentlik filiali mas’ul xodimi B.Yuldosheva.

Ushbu ochiq muloqot davomida kadrlar xizmati mas’ullariga aynan bugungi kunda dolzarb bo‘lgan, amaliyotda ko‘p uchraydigan va ko‘plab savollar kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan muammolarning yechimi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Ochiq muloqot yakunida bu kabi amaliyotni tuman (shahar) lar kesimida nafaqat kadrlar xizmati rahbarlari uchun balki hujjat topshirayotgan nomzodlar uchun ham doimiy o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.

 
 
27-Iyul, 2022-yil 18:45 |