JORIY YIL NATIJALARI TAHLIL QILINIB, KEYINGI YIL UCHUN VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
Samarqand shahar hokimligining 2025-yil sarhisobi va 2026-yilga belgilangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Hokimlik xodimlari, tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda shahar hokimi Fazliddin Umarov joriy yil yakuniy natijalari va kelgusi yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalarga to‘xtaldi.
Hokim Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Murojaatnomasida belgilangan muhim vazifalar Samarqand shahrida izchil amalga oshirilishini ta’kidladi.
Tadbir davomida 2025-yilda shahar taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari hamda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlashda faollik ko‘rsatgan tadbirkorlar shahar hokimligining tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Yangiliklar
30-Dekabr, 2025-yil
26-Dekabr, 2025-yil