JASMINANING TO‘G‘RI NISHONI TERMA JAMOAMIZNI G‘ALABAGA OLIB CHIQDI
Tailandning Bangkok shahrida kamondan otish bo‘yicha Osiyo kubogining I bosqichi yakuniga yetdi va O‘zbekistonning milliy terma jamoasi ayollar o‘rtasidagi jamoaviy bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlash joizki, xalqaro musobaqaning yakuniy bellashuvlarida murosasiz kurashgan 4 nafar hamyurtimiz orasida shaharning Hazora mahallasida yashovchi, 2-son sport maktabi shug‘ullanuvchisi
Jasmina Nurmanova ham bor.
Xalqaro musobaqada faol ishtirok etgan va oltin medalni qo‘lga kiritib, milliy terma jamoamiz g‘alabasiga munosib hissa qo‘shgan sportchimizni samimiy qutlab qolamiz!
22-Fevral, 2025-yil 21:12 |
Yangiliklar
✅ Onlayn Ro‘Yxatdan O‘Tish Tugashiga Atigi 3 Kun Qoldi.i
29-Yanvar, 2026-yil
❗️Samarqand Viloyati Favqulodda Vaziyatlar Boshqarmasi Ogohlantiradi!i
28-Yanvar, 2026-yil