JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHGA MUNOSIB HISSA QO‘SHGAN XODIMLAR TAQDIRLANDI
Samarqand shahar hokimligida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va kriminogen vaziyatni muntazam tahlil qilish borasida samarali mehnat qilayotgan soha va tegishli tashkilotlar xodimlari taqdirlandi.
Tadbirda ularning sidqidildan olib borayotgan mas’uliyatli xizmat faoliyati va jamoat xavfsizligini ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi.
«Respublikadagi kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–111-son Qarori ijrosi doirasida namuna ko‘rsatgan xodimlarga shahar hokimligi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
16-Sentabr, 2025-yil 22:42 |