JAMOAT MULKIGA O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN O‘ZGARTIRISH KIRITMANG!
Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joylarda monitoring ishlari olib borilmoqda.
Xususan, navbatdagi tadbirlar davomida Samarqand shahar “Bog‘iston” MFY Sh.Rustaveli ko‘chasi 24-sonli ko‘p qavatli uy-joyning balkon qismida o‘zboshimchalik bilan eshik ochilganligi, yana bir holatda esa uyning orqa tutash hududi noqonuniy o‘rab olganligi aniqlandi (https://t.me/samgasn).
Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida o‘rab olingan hududdagi noqonuniy holat joyida bartaraf etildi. O‘zboshimchalik bilan ochilgan eshikni o‘z ixtiyori bilan bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.
18-Sentabr, 2025-yil 17:07 |
Yangiliklar
Siyosiy-Ma’Rifat Soatida “Maromiylik” Dasturiga Ham To‘Xtalindii
14-Noyabr, 2025-yil
Hurmatli Samarqand Viloyati Yoshlari!i
13-Noyabr, 2025-yil