Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

“JAHON HUNARMANDLAR SHAHRI” SARI QADAM

“Jahon hunarmandlar shahri” sari qadam

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-avgustdagi tegishli qarorining 10-bandiga muvofiq, Samarqand shahriga “Jahon hunarmandlar shahri” maqomini berish tavsiya etilgan.

Shu munosabat bilan Samarqand shahriga Jahon hunarmandlar kengashining mintaqalar bo‘yicha prezidentlari va vitse-prezidentlaridan iborat nufuzli delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlar dastlab Samarqand davlat muzeyiga tashrif buyurib, milliy hunarmandchilik yo‘nalishidagi nodir asarlar va mahsulotlar namunalari saqlanadigan ko‘rgazma bilan tanishdilar. Shuningdek, delegatsiya a’zolari “Hunarmandlar markazi”da bo‘lib, mahalliy ustalar faoliyati, yaratilayotgan san’at asarlari va xalq hunarmandchiligining o‘ziga xos an’analari bilan yaqindan tanishdilar.

 
 
23-Sentabr, 2025-yil 19:48 |