Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

ISTIROHAT BOG'IGA KUZ-QISH MAVSUMI UCHUN HAM CHIDAMLI BO'LGAN BRUSCHATKA TERILMOQDA

Istirohat bog'iga kuz-qish mavsumi uchun ham chidamli bo'lgan bruschatka terilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomi bilan ataluvchi markaziy istirohat bog'idagi plitkalar almashganiga ko'p bo'lganiga qaramay qayta yangilanayotgani haqida xabar tarqaldi.

Mazkur holat bo'yicha shuni ma'lum qilamizki, bog'dagi plitkalar almashganiga salkam o'n yil bo'lgan va bugunga kelib ularning aksariyati yaroqsiz holga kelgan. SHu bois bog'ning markaziy yo'lidagi plitkalar o'rniga kuz-qish mavsumi uchun chidamli bo'lgan, qalin va sifatli bruschatka terilmoqda. 

SHuningdek, bog'dan chiqayotgan va yaroqlilik holatiga ega bo'lgan plitkalar hududning boshqa qismidagi xuddi shunday shikastlangan plitkalar o'rniga ishlatiladi.

 
 
28-Fevral, 2023-yil 9:58 |