Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

ISTE’DODLI YOSHLARDAN SPORT ZAXIRASI SHAKLLANTIRILADI

ISTE’DODLI YOSHLARDAN SPORT ZAXIRASI SHAKLLANTIRILADI

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2024-yil 15-noyabrdagi “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, shahar 2-son sport maktabi stadionida 13-14 yoshdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilaridan maxsus talablar bo‘yicha sport sinovlari qabul qilindi.
O‘z maktablarida ixtiyoriy talablar bo‘yicha sport sinovlarini topshirib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilardan tashkil topgan, shahrimizning 84 ta maktabidan kelgan jami 840 nafarga yaqin o‘quvchi yigit-qizlar maxsus talablar bo‘yicha chidamlilik, kuch, egiluvchanlik, tezlik va chaqqonlik bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishdi.

Sinov natijalari, o‘quvchilar qayd etgan ko‘rsatgichlar maxsus platformaga joylashtirilganidan so‘ng, Respublika miqyosida avtomatik tarzda aniqlanadi. Shundan so‘ng, sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilar orasidan iste’dodli yoshlar saralab olinib (seleksiya) sport maktablari sport zaxirasi shakllantiriladi, 2 080 nafar o‘quvchilar sport maktablariga qabul qilinadi. Bundan tashqari, sport sinovlarining maxsus talablarini bajarib g‘olib bo‘lgan 10-11 sinf o‘quvchilari “Vatan tayanchi” xarbiy otryadlariga qabul qilinadi, har bir tuman (shahar) bo‘yicha maxsus talablarni topshirib eng yuqori natijalarni (ball) qayd etgan 13-17-yoshdagi o‘quvchi yigit-qizlar I, II va III darajali “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
 

 
 
15-May, 2025-yil 20:54 |