INTERNET FIRIBGARLARIDAN OGOH BO‘LING!
Keyingi vaqtlarda internet firibgarlari chuv tushirishning yangidan yangi yo‘llari va usullarini o‘ylab topmoqda.
Shu bois ham bugun, 1 iyul kunidan boshlab, bir oy davomida Samarqand viloyatida “Kibermadaniyatni yuksaltirish” targ‘ibot oyligi boshlandi.
Mavzu yuzasidan bugun Samarqand shahridagi 3 sektor hududida mahalla mas’ullari ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov hamda sektor rahbari Ismatjon Ibragimov va bir guruh soha mutaxassislari ishtirokida o‘tgan tadbirda kun muammosi bo‘lib turgan ayni masalani jamoatchilikka, mahalla fuqarolariga yetkazish haqida so‘z bordi.
Shuningdek, internetdagi tahdidlardan ogohlantiruvchi bu kabi targ‘ibot tadbirlarini shahar bo‘ylab “Mahallabay” va “Xonadonbay”, ta’lim dargohlari hamda barcha hududlarda o‘tkazish haqida so‘z bordi.