Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

INSPEKSIYA QOSHIDAGI QURILISH-SINOV LABORATORIYASI JOYLARDA SAYYOR SINOV O’TKAZMOQDA

Inspeksiya qoshidagi Qurilish-sinov laboratoriyasi joylarda sayyor sinov o’tkazmoqda

   Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi qoshidagi Qurilish-sinov laboratoriyasi tomonidan hozirgi kunda 35 turdagi qurilish mahsulotlarini laboratoriya va sayyor sharoitda sinovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda (https://t.me/samgasn).

    Navbatdagi sayyor laboratoriya sinovi Samarqand shahrining Qorasuv massivida barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar-joy binosida o‘tkazildi. Tekshiruv jarayonida binodagi yerto‘la qismi ustunlarida beton mustahkamligi GOST-22690 standarti talablariga muvofiq buzmasdan sinash usuli orqali o‘rganildi.

    Sinov natijalariga ko‘ra, beton mustahkamligi belgilangan me’yorlarga to‘liq javob bermasligi aniqlandi. Ushbu holat, o‘z navbatida, qurilishda sifat talablariga rioya qilinmayotganini ko‘rsatmoqda.

    Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Qurilish-sinov laboratoriyasi tomonidan tegishli xulosa tayyorlanib, loyiha va pudrat tashkilotlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish hamda beton konstruksiyalarini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rsatmalar taqdim etildi.

    Inspeksiya qoshidagi Qurilish-sinov laboratoriyasi tomonidan bu kabi nazorat tadbirlari davomli ravishda olib boriladi. Bosh maqsad — fuqarolar uchun barpo etilayotgan turar-joy va inshootlarning sifatli hamda xavfsiz bo‘lishini ta’minlashdir.
 

 
 
15-Oktabr, 2025-yil 11:05 |