IMOM VOSE MAHALLASI MULKDORLARI BILAN MUHOKAMA O‘TKAZILDI
Samarqand shahridagi Imom Vose mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi 2024-2026 yillarda “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infiratuzilmasini rivojlantirish to‘g‘risida” gi PQ-404-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining bayoniga asosan shaharda “Buyuk ipak yo‘li muzeyi”ni barpo etilishi munosabati bilan bo‘yicha hokim o‘rinbosari Feruz Najmiddinov loyihada ko‘zda tutilgan jamoat ehtiyojlari uchun olinishi belgilangan turar va noturarjoy ob’yektlari mulkdorlari bilan ochiq muhokama o‘tkazdi va ularga tushuntirildi.
F.Najmiddinov o‘z so‘zida yuqoridagi qarorning mazmun-mohiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining bayoniga asosan Samarqand shahrida “Buyuk ipak yo‘li muzeyi”ni qurish bo‘yicha aniq vazifa va topshiriqlar yuzasidan Samarqand shahrida amalga oshirilayotgan ulkan me’moriy, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish va boshqa hukumat doirasida tasdiqlangan chora-tadbirlarda ko‘zda tutilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan hududlarda loyihada rejalashtirilgan turar va noturarjoy obektlari ko‘chirilishi (buzilishi) belgilanganligini va ko‘chmas mulk ob’yektlarini buzish va yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 29-iyundagi “Yer uchstkalarining kompensasiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi tartib tamoillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-781-son Qonuniga muvofiq amalga oshirilishi yuzasidan tushuncha berdi.
Shu bilan birga, yig‘ilishda Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 2024 yil 30-avgustdagi “Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida”gi
VI-102-95-7-0-K/24-sonli qarori qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Shu munosabat bilan shahar hokimligi ishchi komissiyasi tomonidan har bir ko‘chmas mulk egalari bilan buzilishga tushgan bino-inshootlar,dov-daraxtlar
hamda yerga bo‘lgan huquq bozor qiymatida mustaqil baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanib qoplab berilishi, kelishuvlarga ko‘ra buzilishdan chiqqan yaroqli qurilish materiallari mulkdorlarga berilishi tushuntirib o‘tildi.
Buzilishga tushgan ob’yektlar bo‘yicha mulkdorlarga yetkazilgan zarar o‘rni ularning roziligi olingandan so‘ng va to‘liq qoplanmagunga qadar ob’yektlarda buzilish ishlari amalga oshirilmasligi, yuzaga keladigan har qanday nizo bo‘yicha kelishuvga erishilmagan taqdirda ushbu nizo sud tartibida ko‘rib chiqilishi tushuntirildi.