Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

IBN SINO KO‘CHASINING BIR QISMIDA TRANSPORT VOSITALARINING HARAKATI VAQTINCHA CHEKLANADI

Ibn Sino ko‘chasining bir qismida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi

Bugun, 27 aprel kuni soat 20:00 da Samarqand shahridagi "Afrosiyob" futbol o‘yingohida taniqli estrada yulduzlari ishtirokida "Uzbek power" yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi. 

Shu munosabat bilan tadbirni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish va hududda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Ibn Sino ko‘chasining Dahbed ko‘chasi bilan kesishmasidan Bo‘stonsaroy va Rudakiy ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismida soat 18:00 dan soat 22:00 ga qadar transport vositalarining harakati cheklanadi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu vaqt oralig‘ida Rudakiy ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasi bilan kesishmasida joylashgan tonnel osti va usti bo‘ylab transport vositalarining harakati davom etaveradi.

 
 
27-Aprel, 2023-yil 12:57 |