HURMATLI JURNALIST VA BLOGERLAR, IJTIMOIY TARMOQ FAOLLARI!
Internet sifati va bugungi kunda tarmoqqa ulanish darajasi, uning tartiblari bo‘yicha sizda savol bormi!
Unda sizni, 17 aprel kuni soat 11:00 da “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Samarqand filiali shahar telekommunikatsiyalar bog‘lamasi ishtirokida tashkil etiladigan matbuot anjumaniga taklif qilamiz.
Matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘zingizni qiynagan savollarga javob olishingiz va o‘z takliflaringizni bildirishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahar hokimligi tomonidan yaqin kunlarda Mirzo Ulug‘bek va Gagarin ko‘chasi tutashmasida barpo etilayotgan tonnel qurilishi va Gagarin ko‘chasi bo‘ylab olib borilayotgan ishlar yuzasidan Press-tur tashkil etiladi. Bu haqda qo‘shimcha axborot beramiz.
Ma’lumot uchun: +99894-242-66-69
15-Aprel, 2024-yil 16:05 |