HURMATLI FUQAROLAR❗️

Bu xalqaro tajribaga asoslangan xolda rejaviy, har yili o‘tkaziladigan profilaktik tadbir.
Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bloger va ijtimoiy tarmoq administratorlaridan aholi orasida sarosima ko‘tarmaslik maqsadida mazkur jarayonlarga oid ma'lumotlarni to‘g‘ri talqin qilishlarini so‘rab qoladi.
Joriy yilning 20-27-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ-158-son Qarori asosida O'zbekiston Respublikasi hududida seysmik xavfsizlikni ta'minlash, aholini zilzilada harakat qilish bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida, "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" o‘tkaziladi.
Haftalik davomida mahallalar, ta'lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda zilzilaga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha o'quv mashg'ulotlari olib boriladi.
Mazkur tadbirlarda faol ishtirok eting!
Yangiliklar
20-Oktabr, 2025-yil
20-Oktabr, 2025-yil