Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

HOZIRDA ENERGETIKA, QURILISH, SUV XO‘JALIGI, AVTOMOBILSOZLIKDA ELEKTROTEXNIKA MAHSULOTLARIGA TALAB KUN SAYIN OSHIB BORMOQDA.

Hozirda energetika, qurilish, suv xo‘jaligi, avtomobilsozlikda elektrotexnika mahsulotlariga talab kun sayin oshib bormoqda.

 

Masalan, energetika sohasida 36 milliard dollarlik 27 gigavatt elektr energiya ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilayapti.

Keyingi uch yilda suv inshooti, magistral tarmoq va taqsimlash nuqtalariga 4 ming 150 ta suv hisoblagich o‘rnatish, 2026 yilgacha 243 ta gaz taqsimlash punktlarini yangilash vazifasi turibdi.

Yiliga qurilayotgan 100 mingta xonadonli ko‘p qavatli uy-joy hamda 13 million kvadrat noturar binolar uchun ham kabel, transformator, isitish va sovitish tizimlari, nasos, lift, kuzatuv vositalari, elektr va gaz hisoblagichlari kerak.

Avtomobil sanoatida har yili 200 million dollardan ortiq elektrotexnika mahsuloti import bo‘layapti.

Ushbu tarmoqlarning barchasi davlatdan imtiyoz va arzon mablag‘lar olayotganiga e’tibor qaratib, Prezident mutasaddilarning “mahalliy mahsulotlar bizni talabga javob bermaydi, import qilishga majburman” degan bahonasi endilikda o‘tmasligini qayd etdi.

 
 
5-Sentabr, 2024-yil 12:46 |