HOKIMLIKDA NAVRO‘Z BAYRAMI VA BOSHQA MASALALAR BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

Samarqand shahar hokimligida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Dilshod Habibullayev yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik, kambag‘al oilalarga yordam ko‘rsatish, hashar tashkil etish, bozorlarda sanitariya holati, ijro intizomi va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Navro‘z bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, shahar va mahallalarda obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarga xayriya yordami ko‘rsatish borasida mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, hashar tadbirlarini tizimli tashkil etish, ko‘chalar, bozorlar va ijtimoiy ob’yektlarning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha choralar belgilab olindi. Yig‘ilishda har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muntazam nazorat qilib borilishi ta’kidlandi.
Yangiliklar
13-Mart, 2025-yil
13-Mart, 2025-yil
12-Mart, 2025-yil