HOKIMLIK XODIMLARI UCHUN "SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI" TASHKIL ETILDI
Samarqand shahar hokimligida hokimlik xodimlari uchun inson ma’naviyatining ko‘rinishi qanday bo‘lishi kerakligi, odob-axloq tushunchasi va shu kabi masalalarga bag‘ishlangan siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi.
Samarqand Davlat Universititi professori Farxod Nabiyev ishtirokida o‘tgan o‘quv soati davomida davlat fuqarolik xizmatchilarining ma’naviyati, aholi muammolarini o‘rganish va oldini olishda samarali muloqot madaniyatini oshirish, stressli va nizoli vaziyatlarda davlat xizmatchilarining psixologik barqarorligini oshirish hamda hokimlik xodimlarining jamoatchilik bilan samarali aloqalarini tashkil etish kabi qator masalalarga to‘xtalindi.
Shuningdek, mavzu doirasida turli xil slaydlar namoyish etilib, xodimlarning fikr-mulohazalari tinglandi va ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.
Yangiliklar
21-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
19-Noyabr, 2024-yil