HOKIMLIK XODIMLARI TIBBIY-KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI
Bugun tanangizning qaysidir organi bezovta qilayotgan bo‘lsa, ertaga boshqa joyingiz og‘riy boshlaydi. Joningiz og‘rigan paytlarda hech kim, hech narsa ko‘zingizga ko‘rinmaydi. Shifokorlar yagona najot farishtasidek ko‘rinadi ko‘zimizga. Shu bois keyingi yillarda aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash borasida aniq va maqsadli ishlar olib borilyapti, hududlarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etilyapti.
Bugun shunday ko‘rik shahar obodligi va xalq manfaatlari yo‘lida mehnat qilib kelayotgan Samarqand shahar hokimligining ishchi-xodimlari uchun tashkil etildi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rik davomida mutaxassis shifokorlar tomonidan hokimlik xodimlarining sog‘lig‘i to‘liq ko‘zdan kechirilib, tibbiy tahlillar hamda ochiq muloqotlar asosida ularga zarur tibbiy maslahat va kerakli tavsiyalar berildi.
Yangiliklar
25-Dekabr, 2024-yil
25-Dekabr, 2024-yil
25-Dekabr, 2024-yil