Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

HOKIMLIK VAKILLARI “2023 YIL BUTUNJAXON INNOVASION SHAHARLAR FORUMI”DA QATNASHYAPTI

Hokimlik vakillari “2023 yil Butunjaxon innovasion shaharlar forumi”da qatnashyapti

Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan 15-19 noyabr kunlari «Xitoy yuqori texnologiyalar yarmarkasi» (CHTF) va “2023 yil Butunjaxon innovasion shaharlar forumi”da Samarqand shahar hokimligi delegatsiyasi ham qatnashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, CHTF bugungi kunda Xitoydagi eng yirik va nufusli fan va texnologiyalar ko‘rgazmasi. Joriy yilda CHTF o‘zining 25-yilligini nishonlaydi va yangi avlod axborot texnologiyalari, aqlli shaharlar, aqlli sog‘liqni saqlashdan tortib, rivojlanayotgan texnologiyalari, atrof-muhit texnologiyalari va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishgacha bo‘lgan 6 ta jadal rivojlanayotgan sanoat tarmoqlariga qaratilgan konferensiyalar, ko‘rgazmalar va tarmoq tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, ko‘rgazma doirasida “2023 yil Butunjaxon innovasion shaharlar forumi”ni o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

 
 
17-Noyabr, 2023-yil 12:16 |