Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

HOKIM YORDAMCHILARINING YARIM YILLIK FAOLIYATI MUHOKAMA ETILDI

Hokim yordamchilarining yarim yillik faoliyati muhokama etildi

 

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov rahbarligida Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha shahar mahallalaridagi hokim yordamchilari ishtirokida o‘tgan uchrashuvda ularning yarim yillik faoliyati tanqidiy muhokama etildi.

Avvalo, Mamlakatimizda mutlaq yangi institut bo‘lgan “Hokim yordamchisi” lavozimi joriy qilinganidan so‘nggi shahar mahallalaridagi ijobiy o‘zgarishlar haqida so‘z bordi. 

Shuningdek, tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda shahar asosiy reja ko‘rsatkichlarining bajarilish holatiga to‘xtalinib, mas’ullarning hisoboti eshitildi. Belgilangan rejani to‘liq bajargan hokim yordamchilarining samarali mehnati e’tirof etilib, faoliyati davomida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan hokim yordamchilariga ogohlantirish berildi.

Shu bilan birga, o‘tgan davr davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish kerakligiga to‘xtalindi va kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

 
 
18-Iyul, 2024-yil 20:59 |