Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

HOKIM SHOHRUX MIRZO KO‘CHASINING BIR QISMI YANGI QIYOFAGA KIRISHINI TA’KIDLADI

Hokim Shohrux Mirzo ko‘chasining bir qismi yangi qiyofaga kirishini ta’kidladi

 

Bugun erta tongdan Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov hamda ichki ishlar va bir guruh mas’ullar ishtirokida Mustaqillik mahallasining obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi.

Mahalladagi yo‘llar, ichimlik suvi, kanalizatsiya va elektr ta’minotining holati bilan tanishildi va Shohrux Mirzo ko‘chasi Husayn Bayqaro ko‘chasi kesishmasidan boshlab yangi qiyofaga kirishi ta’kidlandi. 

- Bu ko‘chada odamlarimiz madaniy hordiq olishlari, bolalar bemalol va xavfsiz o‘ynab yurishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishimiz kerak, dedi hokim. - Shuningdek, bu tajribani boshqa mahallalarda ham qo‘llashni tizimli yo‘lga qo‘yib, amaliy ishlarni bugundan boshlashimiz muhim. 

Hududda kuzatilgan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
 

 
 
14-Mart, 2025-yil 9:58 |