Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

HOKIM SARTEPODAGI EKOBOZOR QURILISHINI KO‘ZDAN KECHIRDI

Hokim Sartepodagi ekobozor qurilishini ko‘zdan kechirdi

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov Sartepo massivida barpo etilayotgan ekobozor va yangi savdo markazlari qurilishini joyida ko‘rib chiqdi.

Shahar rahbari ishlar aholi uchun qulay, toza va zamonaviy savdo muhitini yaratishga qaratilganini ta’kidlab, loyiha belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi muhimligini qayd etdi.

Loyiha doirasidagi ishlar yakuniy bosqichda bo‘lib, piyodalar yo‘laklari, zamon talabidagi maydonlar hamda ekologik tozalikni ta’minlovchi infratuzilmalar barpo etilmoqda.

Shahar rahbari ishlarni yaqin vaqtda va sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

 
 
12-Dekabr, 2025-yil 15:29 |