HOKIM QURILISH VA KO‘CHALARDAGI MUAMMOLARNI JOYIGA BORIB O‘RGANMOQDA
Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov shahardagi qurilish, ko‘cha va mahallalarda mavjud muammolarni joyida o‘rganmoqda.
Hokim o‘rganish davomida aniqlangan mavjud kamchiliklarni tartibga olish, aholi uchun qulay bo‘lgan barcha shart-sharoitlarni yaratishga to‘xtaldi.
SHuningdek, hokim qurilish, obodonlashtirish, yo‘l, suv ariqlari, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va kanalizatsiya kabi qator masalalar bo‘yicha yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalarni berdi.
O‘rganish ishlari davom etadi...
10-Mart, 2023-yil 11:26 |