Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

HOKIM O‘RINBOSARI SANOAT KORXONALARIDA

Hokim o‘rinbosari sanoat korxonalarida

Samarqand shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Hasan Ochilov rahbarligida shahardagi sanoat korxonalarida ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, mavjud quvvatlardan to‘liq foydalanish hamda korxonalar faoliyati samaradorligini ta’minlash maqsadida o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Mazkur o‘rganishlar omuxta yem (parranda ozuqasi) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “AFROSIYOB PARRANDA” MCHJda davom etdi. 

Korxonada 2025-yil yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda 2026-yil uchun belgilangan reja lar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shuningdek, korxonada mavjud muammolar, taklif va ehtiyojlar muhokama qilinib, aniqlangan masalalarning ijrosi yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

 
 
13-Yanvar, 2026-yil 16:23 |