HOKIM O‘QUV YILINI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLAGAN YOSHLARNI TABRIKLADI
Bugun erta tongdan barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida "Ilmni qadrlang, ilmga intiling" shiori ostida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov shahardagi 37-IDUMda bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirok etib, muhtaram Prezidentimizning yoshlarga bildirgan tabriklarini o‘qib eshittirdi. O‘quvchi yigit-qizlarni 2022-2023 o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan tabrikladi.
Bayram tadbirida yil davomida a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanib, rag‘batlantirildi.
25-May, 2023-yil 10:30 |
Yangiliklar
Munosabat: Ikki Ko‘Cha Tutashmasidagi Svetofor Harakati Tuzatildii
6-Fevral, 2026-yil
Past Darg‘Om Tumanida Hokim O‘Zgardii
3-Fevral, 2026-yil
Shahar Hokimi Mahallalar Faoliyati Bilan Tanishmoqdai
3-Fevral, 2026-yil
Munosabat: Sun’Iy To‘Siqlar Olindii
3-Fevral, 2026-yil