HOKIM MIGRATSIYADA BO‘LGAN VA MAHALLADAGI YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
Samarqand shahridagi Mir Said Baraka mahallasida Hokim va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Shahar hokimi, 1-sektor rahbari Fazliddin Umarov ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda 40 ga yaqin yigit-qizlar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar va turli xil takliflar bilan murojaat qildi.
Shuningdek, uchrashuvda hokim migratsiyada bo‘lib turgan yoshlar bilan ham onlayn muloqot qildi.
Samimiy ruhda o‘tgan suhbat davomida Vatandoshlarimizdan hol-ahvol so‘raldi, ularning o‘qish va ishlariga muvaffaqiyatlar tilandi.
Fuqarolar ham ishtirok etgan uchrashuvda ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob qaytarilib, bidirigan muammolarni ko‘rib chiqish hamda soha xodimlari yordamida bartaraf etishga kelishib olindi.
Yangiliklar
3-Dekabr, 2024-yil
2-Dekabr, 2024-yil