Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

HOKIM KUBOGI UCHUN SPORT MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI

Hokim kubogi uchun sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahrida Mustaqilligimizning 34 yilligi bayramiga bag‘ishlab shahar hokimi kubogi uchun para pauerlifting sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada yoshlar o‘z mahorat va salohiyatini namoyish etib, sovrinli o‘rinlar uchun kurashdilar. 

Gʻolib va sovrindorlar Samarqand shahar hokimligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bu kabi tadbirlar yoshlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, sportga qiziqishini oshirish hamda el-yurt sharafini himoya qiladigan sportchi avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 
 
4-Sentabr, 2025-yil 20:44 |