Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

HOKIM BOSHCHILIGIDA SHAHAR KO‘CHALARIDAGI OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILMOQDA

Hokim boshchiligida shahar ko‘chalaridagi obodonlashtirish holati o‘rganilmoqda

 

Samarqand shahridagi infratuzilmani yaxshilash va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida shahar hokimi Fazliddin Umarov boshchiligidagi mas’ullar ishtirokida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Ayni paytda bu jarayon shaharning Ibn Sino va Afrosiyob ko‘chasida davom etyapti. Unda yo‘llarning texnik holati, yo‘l belgilari, piyodalar yo‘lakchasi, ko‘cha yoritish tizimi, muhandislik kommunikatsiyalari va obodonlashtirish ishlariga e’tibor qaratilmoqda.

Kuzatilgan muammolarni hal etish maqsadida mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berilyapti.
 

 
 
18-Mart, 2025-yil 16:26 |