HOKIM BORGAN MAHALLA OBODONLASHTIRILIB, VORKAUT MAYDONI TASHKIL ETILADIGAN BO‘LDI
Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov Xo‘ja Doniyor mahallasidagi obodonlashtirish ishlarini joyida ko‘zdan kechirib, fuqarolar bilan muloqot qildi va ularning taklif va muammolarini tingladi. Uchrashuvda qabriston hududini tartibga keltirish va obodonlashtirish ishlariga to‘xtalib, amalga oshirish zarur bo‘lgan vazifalar belgilab berildi. Shu bilan birga, aholiga qulaylik yaratish maqsadida mahallada zamonaviy vorkaut maydoni tashkil etish rejasi ham ishlab chiqildi. Hokim ushbu vazifalarni qisqa muddatlarda amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berdi.
2-Dekabr, 2025-yil 9:25 |
Yangiliklar
"Yilning Eng Faol Maktabi" Tanloviga Ovoz Berish Davom Etmoqda!i
9-Dekabr, 2025-yil
8-Dekabr – O‘Zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Qabul Qilingan Kun!i
8-Dekabr, 2025-yil
Savol: Ro‘Yxatga Olish Savolnomasida Uy-Joy Mulkdori (Egasi) So‘Raladimi?i
5-Dekabr, 2025-yil