Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

HAZRAT NAVOIYGA YUKSAK EHTIROM

Hazrat Navoiyga yuksak ehtirom

Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘ida buyuk mutafakkir tavalludining 585 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, yozuvchi va shoirlar, shuningdek, talaba-yoshlar hamda o‘quvchilar faol ishtirok etdi.

Unda Alisher Navoiyning hayoti va serqirra ijodi, boy madaniy merosi, ayniqsa, bugungi kunda yoshlar tarbiyasidagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi. Navoiy asarlari dunyo xalqlarining bebaho ma’naviy merosiga aylangani alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida g‘azalxonliklar tashkil etildi, Alisher Navoiy siymosini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi.

Yakunda ishtirokchilar tomonidan Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, buyuk ajdod xotirasiga chuqur ehtirom bajo etildi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati

 
 
9-Fevral, 2026-yil 11:47 |