Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

GAGARIN KO‘CHASINING FIRDAVSIY KO‘CHASI KESISHMASIDAN O‘ZBEKISTON KO‘CHASIGA BORISH QISMIDA TRANSPORT VOSITALARINING HARAKATI VAQTINCHA CHEKLANDI

Gagarin ko‘chasining Firdavsiy ko‘chasi kesishmasidan O‘zbekiston ko‘chasiga borish qismida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklandi

Samarqand shahrining Gagarin ko‘chasida bir necha oydan buyon ta’mirlash ishlari olib borilayotgani haqida xabar berib boryapmiz.

Ayni paytda Gagarin ko‘chasining Firdavsiy ko‘chasi bilan kesishmasidan O‘zbekiston ko‘chasiga borish qismida kengaytirilgan ta’mirlash ishlari amalga oshirilyapti. 

Shu munosabat bilan manzili ko‘rsatilgan hududda bugun, 18 sentyabr kunidan boshlab 20 sentyabr kuniga qadar transport vositalarining harakati cheklanadi.

Eslatib o‘tamiz, Amir Temur ko‘chasining Gagarin ko‘chasi bilan kesishmasidan Cho‘lpon ko‘chasigacha bo‘lgan qismida transport vositalarining harakati bir tomonlama cheklangani haqida xabar qilgan edik. Hozirda Amir Temur ko‘chasining ushbu qismida transport vositalarining harakati qayta tiklandi va ishlar boshlangach yana yopiladi.

 

 
 
18-Sentabr, 2023-yil 14:17 |