Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

GAGARIN KO‘CHASINING BIR QISMIDA TRANSPORT VOSITALARINING HARAKATI VAQTINCHA CHEKLANDI

Gagarin ko‘chasining bir qismida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklandi

Ayni kunlarda Samarqand shahrining Gagarin ko‘chasida to‘liq ta’mirlash ishlari olib borilayotgani haqida hokimlikning rasmiy sahifalari orqali xabar berib boryapmiz.

Endilikda Gagarin ko‘chasining Navoishoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Al Xorazmiy ko‘chasi tutashmasiga qadar keng qamrovli ta’mirlash ishlari olib boriladi. 

Shu munosabat bilan Gagarin ko‘chasining aytilgan qismida transport vositalarining bir tomonlama harakati cheklandi.

Bu haqda qo‘shimcha axborot berib boramiz... 

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.

 
 
22-May, 2024-yil 9:26 |