Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

FUTBOL BO‘YICHA MUSOBAQA G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

Futbol bo‘yicha musobaqa g‘oliblari taqdirlandi

Samarqand shahridagi "Nurafshon" stadionida sportning mini-futbol hamda futbol turi bo‘yicha DXX kubogining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

16-30 yoshdagi yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan futbolda jamoalar qizg‘in kurash olib bordi. 

Natijalarga ko‘ra mini-futbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida "3-sektor jamoasi" 3-o‘rin, "2-sektor jamoasi" 2-o‘rin va "1-sektor jamoasi" 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Shuningdek, mini-futbol bo‘yicha yigitlar o‘rtasida Hunarmandlar mahallasiga birinchi, O‘rta Xo‘jasoat mahallasiga ikkinchi, Yoshlar mahallasi yoshlariga 3-o‘rin nasib qildi.

Katta futbol bo‘yicha Maqsud Shayxzoda mahallasi birinchi, Navro‘z mahallasi ikkinchi va Sarbadorlar mahallasi yoshlari uchinchi o‘rinni egalladi.

Endilikda tanlovning Samarqand viloyati bosqichida shahar sharafini himoya qilish uchun birinchi o‘rinni olgan jamoalar kurash olib boradi.

Gʻoliblik shohsupasidan o‘rin olgan jamoalarni taqdirlash marosimi "Nurafshon" madaniyat saroyida tashkil etildi.

 
 
4-Iyun, 2025-yil 21:27 |