FUQAROLAR MUROJAATIDA AYTILGAN MUAMMO BARTARAF ETILMASA QURUVCHIGA TEGISHLI TARTIBDA CHORA KO‘RILADI
Samarqand shahar hokimligi hamda shahar prokuraturasi va bir guruh mas’ul tashkilotlar tomonidan Gullar bog‘i mahallasida joylashgan "21 b" ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi.
Fuqarolar bilan bo‘lgan suhbatdan so‘ng murojaatda aytilgan holat – ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismida suv to‘planishi, natijada uylar nam tortishi, shuningdek, liftning ishlamay qolish sabablari hamda uy va uning atrofidagi boshqa muammoli masalalar birma-bir ko‘rib chiqildi.
Shundan so‘ng qurilganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan quruvchiga muammolarni bir hafta muddatda to‘liq bartaraf etish va uyda aholi yashashi uchun qulay shart-sharoitni yaratib berish bo‘yicha qat’iy ogohlantirish berildi.
Shuningdek, yo‘l qo‘yilgan muammolar belgilangan muddatda to‘liq bartaraf etilmasa yoki sifatli tashkil qilinmasa quruvchiga nisbatan tegishli tashkilotlar tomonidan tegishli tartibda chora ko‘rilishi ma’lum qilindi.
Mavzu yuzasidan qo‘shimcha axborot beramiz...