FRANSIYALIK ISHBILARMONLAR SHIRIN DIREKSIYASIGA KELDI
Fransiyaning “MEDEF International” ishbilarmonlik harakati qoshidagi “O‘zbekiston-Fransiya” kengashi rahbari, “Orano” kompaniyasi raisi K.Imoven boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.
Mehmonlar “Shirin” direksiyasida viloyat hokimi v.b Adiz Boboyev bilan uchrashib, iqtisodiy hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashishdi. Uchrashuv davomida Samarqand viloyatining investision salohiyati, energetika, sanoat va infratuzilma sohalaridagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, Fransiya kompaniyalarining O‘zbekistondagi loyihalari va kelgusidagi rejalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
“MEDEF International” dunyoning turli mamlakatlari bilan biznes va investision aloqalarni rivojlantirishga ixtisoslashgan tashkilot bo‘lib, 7 mingdan ortiq fransuz kompaniyalarini birlashtiradi.
Mehmonlarga Shirin loyihasi taqdimot qilinib, ushbu zamonaviy shaharchaning qurilishi va kelajakdagi ahamiyati haqida ma’lumot berildi.
Yangiliklar
31-Yanvar, 2025-yil
30-Yanvar, 2025-yil
30-Yanvar, 2025-yil
29-Yanvar, 2025-yil
29-Yanvar, 2025-yil