FRANSIYA PREZIDENTINING KONTINENTAL YEVROPA VA TURKIYA BO‘YICHA MASLAHATCHISI HAMDA O‘ZBEKISTONDAGI ELCHISI SAMARQANDDAGI MAKTABDA BO'LDI
Joriy yilning 4-aprel kuni Fransiya Respublikasi Prezidentining Kontinental Yevropa va Turkiya bo‘yicha maslahatchisi Izabel Dyumon hamda Fransiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aureliya Bushez Samarqanddagi maktabga tashrif buyurdi.
Xususan, Izabel Dyumon va Aureliya Bushez Samarqand shahridagi 43-maktabda bo‘lib, taʼlim jarayoni, fransuz tilini o‘qitish bo'yicha maktab erishayotgan natijalar bilan tanishdi.
So‘ngra maktabning o‘quvchi va o‘qituvchilari bilan yaqindan suhbatlashib, pedagoglar bilan O‘zbekistonda fransuz tili o‘qitilishini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashdi.
Mehmonlar uchun taʼlim maskani o‘quvchilari tomonidan turli chiqishlar hamda urf-odatlar aks etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi