Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

FAVQULODDA HOLATDA QANDAY HARAKATLANISH ZARUR?

Favqulodda holatda qanday harakatlanish zarur?

 

Ko'p qavatli binolar soni ortib borayotgani ularda yong'in xavfsizligini ta'minlash asosiy vazifalardan biriga aylandi. Ko‘p qavatli binolarda yong'inni erta aniqlash uchun signalizatsiya tizimlarini o'rnatish alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan talab hisoblanadi.

 

Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya qilish yo'llari va yig'ilish joylarini aniq ko'rsatib, yong'in signalizatsiyasi signallari asosida samarali evakuatsiya rejasini amalga oshirish ham yong‘in vaqtida talafotlarni kamaytirishning eng samarali jihatidir.

Ayni paytda barcha ko‘p qavatli uylarda yong‘inni erta aniqlash maqsadida ogohlantirish tizimlarini o‘rnatish ishlari qat’iy tartib asosida olib borilmoqda. Afsuski, jarayonni noto‘g‘ri tushunib, salbiy talqin qilish holatlari uchramoqda. Aslida o‘rnatilayotgan tizim aholining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Bu jarayonda aholi ham bevosita faol ishtirok etib, xonadonlarga yong‘inni erta aniqlash tizimlarini to‘liq o‘rnatilishini ta’minlash zarur.

Shuningdek, har bir xonadon sohibi o‘z uyida yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilish talabini qat’iy belgilab, yong‘in chiqishining oldini olish, favqulodda holatda harakatlanish imkoniyatlarini to‘g‘ri tashkil qilishi zarur. Buning uchun sohaga oid o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida berilgan tavsiya va vazifalarga to‘la amal qilish lozim. 

 
 
10-Iyun, 2025-yil 8:30 |