Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

FAQAT PASPORT BILAN PENSIYAGA CHIQISH UCHUN MA’LUMOTLAR RAQAMLASHGAN BO‘LISHI LOZIM

Faqat pasport bilan pensiyaga chiqish uchun ma’lumotlar RAQAMLASHGAN bo‘lishi lozim

 

Hurmatli fuqarolar!

Siz pensiya yoshiga yaqinlashdingiz va ortiqcha ovoragarchiliklarsiz pensiyaga chiqishni xohlaysiz. Buning uchun nima qilish kerak deysizmi? 

🔍 Javob: Dastlab, albatta mehnat faoliyat davrlaringiz to‘liq raqamlashganini tekshirishingiz kerak. Buni my.gov.uz portali orqali ham tekshirib olsangiz bo‘ladi.  (https://my.gov.uz/uz/service/496)

⏩ Agarda Siz hozirda ishlayotgan bo‘lsangiz o‘z ish beruvchingizdan oldingi mehnat faoliyat davrlaringizni raqamlashtirilgani yoki yo‘qligini so‘rab bilishingiz mumkin. 

Sizning hisobingiz bo‘yicha mehnat faoliyatingizning biror bir davri raqamlashtirilmagan bo‘lsa, bu masalada Siz shu tashkilotga murojaat qilsangiz ham bo‘ladi. 

❔ Ishlamayotgan fuqarolar mehnat faoliyatidagi davrlarni qanday raqamlashtirishlari mumkin?

📖 Bugungi kunda hududlarda Kambag‘allikni qisqartirish va banlikka ko‘maklashish bo‘limlar (birjalar) mavjud bo‘lib,
ishlamayotgan fuqarolar mazkur birjalarga murojaat qilib, raqamlashtirish xizmatlaridan bepul foydalanishlari mumkin.

✅  Yuqoridagilar to‘liq bajarilgan taqdirda fuqarolarga pensiya muammosiz tayinlanadi.

 
 
28-Yanvar, 2025-yil 14:40 |