“FAOL HAYOTGA QADAM”: YANGI IJTIMOIY XIZMAT LOYIHASI ISHGA TUSHDI.
👨🦯Samarqand shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan yana bir muhim loyiha start oldi.
🖋 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 376-son qarori asosida “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish tartibi belgilangan.
☺️ Mazkur qarorga muvofiq, Samarqand shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar - nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar hamda uzoq muddat parvarishga muhtoj insonlar uchun 5 turdagi ijtimoiy xizmatlar tashkil etildi:
✅ Uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam xizmati;
✅ Uy sharoitida qarab turish xizmati;
✅ Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati;
✅ Kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati;
✅ Shaxsiy yordamchi xizmati;
👥 Yangi loyiha “Samarqand xalqaro salomatlik fanlari oliy maktabi” MChJ tomonidan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, loyihada kambag‘al oilalarda yashovchi 40 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarga xizmat ko‘rsatiladi.
💻 Xizmat haftasiga 5 kun davomida tashkil etilib, ishtirokchilar har kuni yashash manzilidan bepul avtobusda markazga olib kelinadi va kechga yana uylariga yetkaziladi.
❗️ Ular uchun quyidagi faoliyatlar yo‘lga qo‘yilgan:
✅ Reabilitatsiya va sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari;
✅ Jismoniy mashqlar;
✅ To‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar;
✅ Fizioterapiya xizmatlari;
✅ Madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbirlar;
🏃 Ushbu loyiha nogironligi bo‘lgan shaxslarning faol hayotga qaytishi, jamiyatga integratsiya bo‘lishi hamda psixologik-emotsional holatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
🎙Ochilish marosimida shahar hokimi Fazliddin Umarov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi Sherali Yuldashev hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yangiliklar
7-Noyabr, 2025-yil
6-Noyabr, 2025-yil
6-Noyabr, 2025-yil