ENG USTUVOR MASALA YOSHLAR JINOYATCHILIGINI OLDINI OLISHDIR
Ayni paytda Yoshlar jinoyatchiligini oldini olish bo‘yicha viloyat shtabi tomonidan uyushmagan yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida qilinayotgan ishlar va ularning natijalari yuzasidan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tmoqda.
Unda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov, viloyat hokimi o'rinbosari H.To'xtayev, viloyat IIB boshlig'i R.Mamatov hamda viloyat sektor rahbarlari o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda.
Ayni vaqtda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov Vazirlar Mahkamasining 468-sonli qarori doirasida yoshlarga biriktirilgan rahbarlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar xususida so'z yuritib, tumanlarda bu borada amalga oshirilgan ishlarni mahalla yettiligi ishtirokida tahlil qilyapti...
Yangiliklar
21-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
19-Noyabr, 2024-yil