Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

DAVLAT XIZMATCHILARI UCHUN SEMINAR TASHKIL ETILDI

Davlat xizmatchilari uchun seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 8 maydagi PF–67-son Farmonining 21-bandi hamda Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasidan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 83-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida seminar bo‘lib o‘tdi.

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali tashabbusi va viloyat hokimligi hamda Adliya boshqarmasi hamkorligida viloyatdagi o‘rta va quyi bo‘g‘in davlat xizmatchilari uchun o‘tkazilayotgan seminarda ma’ruzachilar tomonidan mavzu doirasida to‘liq axborot berildi.

Videouzatish ko‘rinishida tashkil etilgan seminarda Samarqand shahar hokimligi jamoasi ham ishtirok etdi.

Seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

 
 
13-Sentabr, 2023-yil 11:15 |