Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI SAMARQAND SHAHAR FILIALIGA YANGI RAHBAR TAYINLANDI

Davlat kadastrlari palatasi Samarqand shahar filialiga yangi rahbar tayinlandi

 

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Aminov Bahriddin Sunnatillo o‘g‘li Davlat kadastrlari palatasi Samarqand shahar filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bahriddin Aminov 1991-yil 29-may kuni Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2018-yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini “Geodeziya, kartografiya va kadastr” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Tayinlovga qadar Bahriddin Aminov Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasining bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

 

 
 
14-Oktabr, 2025-yil 13:01 |