Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

"DARG‘OM" KANALI BO‘YIDA ZAMONAVIY DAM OLISH BOG‘I BARPO ETILMOQDA

"Darg‘om" kanali bo‘yida zamonaviy dam olish bog‘i barpo etilmoqda

Samarqand shahri bo‘ylab aholi dam olishi uchun qulay hordiq maskani tashkil etish ishlari davom etmoqda. Xususan, shulardan biri "Darg‘om" kanali bo‘yida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyiha bilan joyida tanishish maqsadida shahar hokimi Fazliddin Umarov hududda bo‘ldi.

Shahar rahbari yangi bog‘dagi piyodalar yo‘laklari, yashil maydonlar hamda yoritish tizimlari va o‘tirgichlarning holati bilan tanisharkan hududda aholi uchun barcha qulayliklarni yaratib, to‘liq zamonaviy dam olish maskaniga aylantirish kerakligiga to‘xtaldi. 

Eslatib o‘tamiz, 24/7 tartibida faoliyati yo'lga qo'yilishi ko'zda tutilgan hudud auksion orqali tadbirkorlarga taklif etilishi belgilgan bo‘lib, loyiha yakunlangach bu yerda oilaviy dam olish maskanlari, sayr va hordiq uchun qulaylik, qulay infratuzilma obyektlari tashkil etiladi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.

 
 
21-Yanvar, 2026-yil 11:40 |